Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali imtiyozli kredit olish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi.

Imtiyozli kredit quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

  • oilaviy tadbirkorlik;
  • baliqchilik;
  • dehqon xo‘jaliklari;
  • hunarmandchilik.

Kreditlar yillik 14% stavkada jismoniy va yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik uchun 6 oygacha, baliqchilik uchun 1 yilgacha, dehqon xo‘jaliklari va hunarmandchilik uchun 3 yilgacha imtiyozli davri mavjud.

Kredit olish uchun onlayn ariza qoldirish kerak hamda platformani o‘zida kreditlarni hisoblash imkoniyati mavjud.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


2022-yilning yetti oyida platforma orqali aholi va tadbirkorlarning 250 mingdan ortiq loyihalariga jami 6 trln so‘m kredit ajratilgandi.