Tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSPP) boshqaruvini tark etishga qaror qildi, deya xabar bermoqda “RBC” nashri.
Usmonovning “RSPP” rahbari nomiga yozgan arizasida u pensiyaga chiqishi va faol mehnat faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan Byuro aʼzoligidan ozod etilishini soʻrashi haqidagi bayonoti surati “BRIEF” telegram kanalida eʼlon qilindi.
Alisher Usmonov butun e’tiborini O‘zbekistonga qaratishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.
“RBC” nashrining RSPPdagi boshqa manbasiga ko‘ra, 25-yanvar kuni Ittifoq Byurosining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda Usmonovning arizasini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Alisher Usmonov “Metalloinvest”, “Udokan mis” va “MegaFon"ni o‘z ichiga olgan “USM” guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori (49%) hisoblanadi. U “Forbes” talqini bo‘yicha rossiyalik eng boy milliarderlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egalladi. Jurnal uning boyligini $11,5 mlrd.ga baholagan.
Usmonov 2022-yil fevralidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolmoqda, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiya ham unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.
U umumiy yurisdiksiya sudida Yevropa sanksiyalariga e’tiroz bildirishga urinmoqda. Tadbirkor suddan apellyatsiya bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaguncha sanksiyalarni to‘xtatib turishni so‘radi.