Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi akademiyasi bino va inshootlari auksionga chiqarildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Umumiy maydoni 9 560 kv.m bo‘lgan binoda suv, elektr, gaz va kanalizatsiya mavjud.

Lotning boshlangʻich narxi 171,5 mlrd soʻm, zakalat puli esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Auksion 20-fevral kuni 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.


Avvalroq “Spot” Majburiy ijro byurosi Miroboddagi mehmonxonani sotuvga qo‘ygani haqida yozgandi.

Lotning sotuv narxi 4,8 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 243 mln soʻmni tashkil qiladi.