London ICE birjasi maʼlumotlariga koʻra, seshanba kungi savdolar ochilishida Yevropada gazning birja narxlari deyarli 10%ga tushib, 1000 kub metr uchun $670ni tashkil qildi.

TTF indeksi bo’yicha fevral fyucherslari $672 (-9,7%) bilan savdolarni ochdi. Kotirovkalar dinamikasi avvalgi savdo kunidagi hisob-kitob narxiga asoslanadi va 1000 kub metr uchun $743,8ni taskil qildi.

Yevropada gazning birja narxi 16-yanvar kuni gaz narxi $650dan, 17-yanvar kuni esa 16 oy ichida birinchi marta 2021-yilning 31-avgustidan boshlab 1000 kub metr uchun $600dan pastga tushdi.

Yevropada birja gaz narxi 2021-yil 10-sentabrdan beri birinchi marta 5-yanvarda 1000 kub metr uchun $700dan pastga tushdi.

Narxlar 2021-yilning bahorida sezilarli darajada oshdi. Oʻsha paytda gaz narxi 1000 kub metr uchun $250−300 oraligʻida oʻzgarib turardi, yoz oxiriga kelib ular $600dan, kuzda esa $1000dan oshdi.

2022-yil qishida narxlar 1000 kub metr uchun $2000 chegarasidan o‘tdi va erta bahorda Rossiya energiya resurslari importiga taqiq qo‘yilishidan qo‘rqib, rekord darajaga 1000 kub metr uchun $3892ga yetdi.

25-avgustda Yevropada gazning birja narxi 8-martdan beri $3200 dan oshgandi. Avgust oyi oxiridan gaz narxi yana pastlay boshladi.

Yevropada gaz narxi iyun oyidan beri birinchi marta 18-oktabrda $1200 dan pastlagandi. Keyinchalik oy oxirida narx $1000 dan pastlab, $953 ga baholangandi.

Gaz narxi 27-dekabrda 2022-yil 13-iyundan beri birinchi marta $900dan pastga tushganidan keyin, 10 oy ichida birinchi marta 30-dekabrda 1000 kub metr uchun $800dan pastga tushdi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Yevropa birjasida gaz narxi issiq ob-havo va kuchli shamol (shamol stansiyalari elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirgan), shuningdek, YeIdagi yer osti gaz omborlarida yetarli miqdorda gaz zaxiralari tufayli pasaymoqda.

Hozirgi pasayishga qaramay, gaz kotirovkalari kuzatuvlarning uzoq tarixi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p.

Bunday doimiy yuqori narxlar Yevropada gaz markazlari faoliyatining butun tarixida 1996-yildan beri kuzatilmagan.


Avvalroq “Spot” 2022-yilda O‘zbekiston Xitoyga quvur orqali qiymati $1 mlrddan ortiq gaz yetkazib bergani haqida yozgandi.