27-yanvar kuni “IT-Park” Toshkent filialida “Mijozlar tajribasi va uning IT startap yaratishdagi ahamiyati” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir spikeri “Mijozlar tajribasi laboratoriyasi” asoschisi va rahbari Aleksey Ivanov bo‘lib, u ishtirokchilarga mijozlar tajribasi nima ekanligini va nima uchun axborot tizimlari hamda dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning boshidanoq bu haqda o‘ylash kerakligi haqida soʻzlab beradi.

Ishtirokchilar ilk bosqichlarda, haqiqiy mijozlar bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lgunga qadar foydalanuvchilarning fikrlarini to‘g‘ri bashorat qilishni o‘rganadi.

Talabalar Rossiya va xalqaro kompaniyalar, jumladan, taniqli brendlar (“HeadHunter”, “Bosch”, “Sberbank”, “Gazprombank”, “Alfa-Bank”, “VTB”, “Rolf”, “Sportmaster”, “Petrovich”, “PEK”) va kichik IT startaplari tajribasi bilan tanishadi.

Sessiyada ishtirok etish bepul bo‘lib, u rus tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun 27-yanvar soat 12:00gacha havola orqali ariza jo‘natish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Spiker haqida:

Aleksey Ivanov — Moskva fizika-texnika instituti bitiruvchisi, “Coursera” platformasidagi “Mijoz tajribasini boshqarish” kursi, shuningdek, boshqa oʻquv seminarlari va treninglar muallifi, maʼruzachisi hamda boshlovchisi hisoblanadi.

1999-yildan beri u internet-marketing va internet orqali mijozlarni jalb qilish sohasida ishlaydi. U Rossiyada birinchilardan boʻlib UX tadqiqotlarini olib borish va veb-saytlardan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirishni boshladi.

2018-yildan beri u mijozlar tajribasini oʻrganish bilan shugʻullanadi, uning asosida Rossiyaning yetakchi kompaniyalari oʻz xizmatlarini yaxshilaydi.


Avvalroq “Spot” 26-yanvar kuni robotlarni noldan modellashtirish mavzusida “AMC Bridge” kompaniyasi vakili bilan onlayn uchrashuv o‘tkazilishi haqida yozgandi.