O‘zbekistonlik talabalar “CAREC University Startup Generator 2023"da ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda, deya xabar berdi “IT Park” matbuot xizmati.
“CAREC University Startup Generator 2023” — real ijtimoiy va korporativ muammolarni hal etish orqali amaliy, tadbirkorlik va shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) doirasidagi oliygohlar talabalari uchun moʻljallangan innovatsion g‘oyalar tanlovi.
Tanlov ingliz tilida, HealthTech, CleanTech, MobilityTech yo‘nalishlari boʻyicha o‘tkaziladi:
Turnirda faqat Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston kabi davlatlar OTMlarining kunduzgi bo‘lim talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
G‘olib jamoalar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘ladilar:
- 1-o‘rin — $5000;
- 2-o‘rin — $2000;
- 3-o‘rin — $1000;
- Maxsus kategoriya boʻyicha sovrin — $1000.
Jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- Qiziqish sohasiga qarab roʻyxatdan oʻtish va jamoani shakllantirish (2022-yil 15-dekabr — 2023-yil 1-fevral);
- Startap g‘oyalarini generatsiya qilish (2-fevral — 15-mart) — jamoa va mentorlar/ekspertlar yordamida startap g‘oyalarini ishlab chiqish;
- DEMO holatida ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish: 2023-yil 29-mart (ekspertlar kengashiga startapni taklif va taqdimot qilish).
Tanlovda ishtirok etish uchun 1-fevralgacha havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatida “InnoX” inkubatsiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 31-yanvargacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.