AQShning Boston universiteti turli yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn kurslar o‘tkazmoqda. Unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etishi mumkin.
Boston universiteti kurslari bepul taqdim etilib, talabalar xohishlariga ko‘ra belgilangan to‘lov evaziga tasdiqlangan sertifikatga ega bo‘lishlari mumkin.
Hozirda quyidagi kurslarga arizalar qabul qilinmoqda:
- “Business Analytics for Data-Driven Decision Making”;
- "Product Management with Lean, Agile and System Design Thinking";
- "Faith and Finance";
- "Leading in the Digital Age" va boshqalar.
Kurslar davomiyligi 6 haftadan 34 haftagacha bo‘lib, darslarga haftasiga 4−8 soatdan vaqt ajratiladi.
Saytda har bir bepul kurs haqida ma’lumot, ularda nimalarni o‘rganish mumkinligi hamda kimlar uchun mo‘ljallanganligi haqida keltirilgan.
Bepul kurslarga ishtirok etish uchun havola orqali saytda ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Batafsil ma’lumot bu uyerda.