“Yandex” neyron tarmoqlarga arxiv yozuvlarini inqilobdan oldingi imlo bilan ochishni o‘rgatdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Foydalanuvchilar 18-asr oʻrtalaridan 20-asr boshlarigacha boʻlgan arxiv hujjatlari va materiallarining elektron katalogi boʻlgan, maʼlumotlar bazasida 2,5 mln sahifadan ortiq hujjatlarni oʻz ichiga olgan “Arxiv qidiruvi” xizmatida texnologiyani sinab koʻrishlari mumkin.

Algoritm qoʻl yozuvi xususiyatlarini hisobga olishga, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan harflarni tan olishga va arxiv hujjatlarining maxsus tuzilishini tushunishga qodir.

Xizmat tarixchilar, sotsiologlar, demograflar va oʻz oilasi haqida ma’lumot izlayotgan har bir kishi uchun foydali boʻladi.

Foydalanuvchilar qidiruv yoki katalog orqali yozuvlarni yillar, arxivlar, fondlar va inventarlarni filtrlash orqali qidirishlari mumkin.

Masalan, ma’lumotlar bazasida ma’lum bir familiya yoki yashash joyi koʻrsatilgan materiallarni topish immkoniyati mavjud.

Algoritm belgilarni aniqlashning optik tizimi asosida qurilgan, qoʻl yozuvi xususiyatlarini hisobga oladi, oʻz ahamiyatini yo’qotgan harflarni tan oladi va “arxiv hujjatlarining maxsus tuzilishini tushunadi.

Ishlab chiquvchilar neyron tarmoqni Moskva Bosh arxivi materiallariga oʻrgatishdi, endi ma’lumotlar bazasida Orenburg va Novgorod viloyatlari arxivlari ham mavjud.

Vaqt oʻtishi bilan saqlash joylari va mavjud skanerlangan fayllar soni ortadi.


Avvalroq “Spot” “Google” shifokorlarning tushunarsiz yozuvini shifrlash vositasini ishlab chiqgani haqida yozgandi.