Andijon Yoshlar Texnoparki “InnoX” biznes-inkubator dasturini ishga tushirdi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur biznes-inkubator Andijondagi yoshlarning startaplarini ishga tushirish va rivojlantirish uchun yordam beradi.
Biznes inkubator orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin:
- bepul kovorking maydoni;
- tajribali mentor ma’ruzalari;
- bepul biznes ta’lim va kasbiy treninglar, seminarlar va forumlarda qatnashish;
- loyihalarni xalqaro va respublika grantlariga yo‘naltirish;
- grantlar orqali eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirish;
- investorlar bilan muloqot qilish uchun tayyorgarlik;
- biznes va marketing rejalar tuzishga yordamlashish.
Shuningdek, dastur yakunida homiylar tomonidan eng yaxshi 5 ta loyiha moddiy rag‘batlantiriladi.
Loyiha davomida tadbirkorlik sohasida yetakchi bo‘lgan spikerlar tomonidan 36 ta mavzuda bepul treninglar o‘tkaziladi.
Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Dasturga saralash jarayonlari 5-fevralga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Toshkent, Navoiy hamda Qoraqalpog‘istonda ham “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirilgandi.