“Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlari AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntlarini blokdan chiqaradi, deb xabar bermoqda kompaniya rasmiy veb-saytida.
“Yaqin haftalarda biz Trampning “Facebook” va “Instagram"dagi akkauntlarini bloklashni tugatamiz”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, agar taqiqlangan kontent chop etilsa, u olib tashlanadi va Tramp qoidabuzarlik darajasiga qarab bir oydan ikki yilgacha muddatga bloklanadi.
AQShda boʻlajak prezidentlik saylovlarining qonuniyligiga e’tiroz bildirish va QAnon fitna nazariyasiga oid xabarlarni tarqatish holatlarida ham choralar ko‘riladi.
2021-yilning yozida “Meta” sobiq Amerika yetakchisining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini uning tarafdorlari Kapitoliyni egallab olganidan keyin ikki yilga blokladi. Tramp ijtimoiy tarmoqni senzurada aybladi.
2021-yilning 6-yanvarida Trampning tarafdorlari u Jo Baydenga yutqazgan prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishni talab qilib, Kongress binosiga bostirib kirishdi.
Trampning taʼkidlashicha, demokratlar uning 2024-yilda prezidentlikka nomzodini qoʻyishiga toʻsqinlik qilmoqchi. Noyabr oyi o‘rtalarida u prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati borligini ma’lum qildi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Kongressda prokurorlardan sobiq prezidentga qarshi, jumladan, isyonda ayblovlar qoʻyish soʻralgan.
Avvalroq Ilon Mask “Twitter” bosh deirektori boʻlganidan keyin Trampning “Twitter"dagi akkauntini tiklagandi. Lekin Tramp oʻzi ochgan ijtimoiy tarmoqga ishonishini aytgan.