Shveysariyadagi “ETH Pioneer” akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unga butun dunyodan magistratura va PhD talabalari va tadqiqotchilar hujjat topshirishlari mumkin. Dastur yakka tartibdagi ishtirokchi uchun 18 oy va ikki kishidan iborat jamoa uchun 12 oy davom etadi.

Ishtirokchilarga ish haqi va loyihani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xarajatlar uchun $162 ming miqdorida bir martalik mablag‘ ajratiladi. Bundan tashqari, o‘qish to‘lovlari, sayohat va sanoat yarmarkalari uchun barcha xarajatlar qoplab beriladi.

Shuningdek, homiylik tomonidan tanlangan nomzodlarning umumiy xarajatlari qoplanadi. Unga veb-saytlarni yozish, dasturiy ta’minot, bozor hisobotlari, tashqi maslahatchilar va boshqa faoliyatni autsorsing qilish xarajatlari kiradi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  • rejalashtirilgan faoliyat, bozor muhiti va innovatsiya imkoniyatlarini qamrab oladigan qisqacha loyiha xulosasi. Ushbu xulosada shaxsiy ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak;
  • moliyaviy talablarning batafsil ro‘yxati;
  • CV;
  • chop etilgan asarlari ro‘yxati va ularning qisqacha tavsifi;
  • nomzodning malakasi, taklif qilingan loyiha va mezbon professorning qo‘llab-quvvatlash sabablarini ko‘rsatuvchi yozma tavsiyanomasi;
  • 2 daqiqalik loyiha va motivatsion taqdimot videosi.

Arizalarni joriy yilning 1-martigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Shveysariyaning “EPFL” fan va texnologiya instituti yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilganda.