2022-yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 700,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, naqd pul aylanmasi hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 38,1%ga oshgan.

Jumladan, bank kassalariga naqd pul tushumlari 343,9 trln so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 356,4 trln so‘mni tashkil etdi.

banklar, naqd pul aylanmasi

2022-yilda bank kassalariga jami naqd pul tushumlari 2021-yilga nisbatan 36,6%ga oshgan bo‘lsa, savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar 28,5%ga (36,1 trln.so‘m) va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 60,4%ga (43,3 trln.so‘m) oshdi. Jami tushumlar tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar ulushi 3% bandga kamayishi kuzatildi.

O‘tgan yilda savdo va xizmatlar sohasidan jami tushumlar 259,0 trln. so‘mni tashkil qilib, shundan, 62,8%i (162,7 trln.so‘m) naqd shaklda, 37,2% (96,3 trln.so‘m) terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilindi (2021-yilda 64,6%i naqd shaklda, 35,4%i terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilingan edi).

banklar, naqd pul aylanmasi

Qayd etilsihicha, 2022-yilda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2021-yilga nisbatan 39,5%ga (100,9 trln.so‘m) ko‘paygan.

Mazkur holat bank kartalaridan naqd pul yechish miqdorining 54,4 trln so‘mga (2021-yilga nisbatan o‘sish — 57,2%), banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish hajmlarining 18,1 trln so‘mga (o‘sish — 28,3%) oshishi asosiy omil bo‘lgan.

banklar, naqd pul aylanmasi

Shuningdek, o‘tgan yilda bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar 2021-yilga nisbatan 1,8 barobarga (253,9 trln.so‘mga) oshib, 553,6 trln so‘mni tashkil qildi.

Jumladan, 178,2 trln so‘mi — pensiya, nafaqa va ish xaqi to‘lovlari, 182,3 trln so‘mi — kartadan kartaga o‘tkazmalar (shu jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalar orqali), 112,5 trln so‘mi — naqd pulda va omonat hisobvaraqlardan bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu davrda bank kartalaridagi 149,5 trln so‘mlik mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan bo‘lib, bu kartalarga kelib tushgan mablag‘larning 27,0%ini tashkil etdi.

banklar, naqd pul aylanmasi

Markaziy bank tomonidan 2022-yil davomida qo‘shimcha 16,2 trln so‘m naqd pullar muomalaga chiqarildi. Ushbu naqd pullarning 15,7 trln so‘mi naqd pulga bo‘lgan talab keskin oshgan davr — aprel-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.

Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog‘ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaydi.

Jumladan, yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning so‘mdagi miqdori bo‘yicha 100 ming so‘mlik banknotlar ulushi — 34,8%dan 41,6%ga, 20 ming so‘mlikning ulushi — 2,1%dan 2,3%ga yetgan.

Shu bilan birga, 50 ming so‘mlikning ulushi — 34,2%dan 27,5%ga, 10 ming so‘mlik ulushi — 14,5%dan 9,4%ga, 5 ming so‘mlik — 12,7%dan 6,5%ga, 1 000 so‘mgacha — 1,4%dan 0,9%ga tushgan.

banklar, naqd pul aylanmasi

2022-yil iyul oyida nominal qiymati 200 ming so‘mlik banknot muomalaga chiqarildi va yil yakuniga kelib ularning naqd pullar tarkibidagi salmog‘i 11,6%ni tashkil qildi.


Avvalroq “Spot” 2022-yilda xorijdan O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $17 mlrdni tashkil etgani haqida yozgandi.