“Forbes” AQShning eng saxovatli milliarderlarining yillik reytingini e’lon qildi.

AQSh fond bozori qulab tushgan va milliarderlar o‘z yo‘qotishlarini hisoblagan bir yilda, mamlakatning eng saxovatli filantroplarining xayriya mablag‘lari ko‘paydi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning eng yaxshi 25 xayriyachisi 2022-yil oxirigacha $196 mlrd xayriya qilgan.

Xayriyalarning ko‘payishi odamlar zarar ko‘rayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda. Ushbu 25 xayriyachining umumiy boyligi $936 mlrd.ni tashkil etadi — bu bir yil avvalgidan $164 mlrdga, yaʼni 15%ga kam.

Ulardan 17 nafari hayotlari davomida yoki o‘limidan keyin boyliklarining kamida yarmini xayriya qilishga va’da berib, “Xayriya qasamyodi” (“The Giving Pledge”)ga imzo chekgan.

“Berkshire Hathaway” Amerika xolding kompaniyasi rahbari Uorren Baffet xayriyalarning umumiy miqdori bo‘yicha yana xayriyachilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Qayd etilishicha, 17 yil davomida u har yili milliardlab dollarlik “Berkshire Hathaway” aksiyalarini xayriya qildi va o‘tgan iyun oyida bu an’anani davom ettirdi.

“Forbes” hisob-kitoblariga ko‘ra, Baffet 2022-yilda $5,4 mlrd, umri davomida $51,5 mlrd xayriya qilgan.

“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 2022-yil iyul oyida “Bill va Melinda Geyts” jamg‘armasiga $20 mlrd xayriya qildi, bu o‘tgan yili Baffetning fondga xayriya qilgan $3,1 mlrdi.dan ancha ko‘p.

Biroq, bu reytingda “Forbes” sovg‘alarni emas, balki ushbu fondlar tomonidan to‘langan badallarni hisobga oladi.

Keyingi o‘rinlarni $2,55 mlrd bilan “Google” hammuassisi Sergey Brin va mos ravishda $1,56 mlrd xayriya qilgan xedj-fond magnati Kennet Griffin egalladi.

“Amazon” asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi va yozuvchi Makkenzi Skott 2022-yilda u 2021-yil iyun oyidan boshlab 17 oy ichida 800 ga yaqin notijorat tashkilotlariga $5,8 mlrd xayriya qilganini e’lon qildi.


Avvalroq “Forbes” nashri 2022-yilda boyligi $378 mlrdga kamaygan besh milliarder nomini e’lon qilgandi.