“Uzbekistan Airways” tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan 30% chegirma e’lon qildi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, chegirma joriy yilning faqat 28-yanvar kuni sotiladigan ekonom va biznes tariflarining barcha turlariga amal qiladi.
30% chegirmali aviachiptani 2023-yilning 28-yanvar sanasi soat 00:00 dan 23:59 (Toshkent vaqti bilan) gacha xarid qilish mumkin.
Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi hamda “Code Share” reyslarida va savdo bitimlari doirasida e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, quyidagi qoida va shartlar belgilangan:
- aviatashuvlar muddati cheklanmagan (aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi);
- aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
- chegirma bilan chiqarilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shilishi kerak;
- ilgari sotib olingan aviachiptalar 2023-yil 28-yanvarda qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, chegirma qo‘llanilmaydi;
- 30% chegirma bilan chiqarilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob joriy chegirmani hisobga olgan holda chipta chiqarilgan sanada amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni chegirma bilan kompaniya saytida, “UzAirways” ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlari, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalar orqali xarid qilish mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.