“Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an’anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, advokat so‘rovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Order muqobillik asosida qog‘oz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi ma’lumotni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi.

Advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.


Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YTTlarga bank kafolati beriladi

Qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to‘lash sharti bilan sotganda sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lov majburiyatlarini “O‘zmilliybank"ning kafolati bilan bir qatorda boshqa banklarning kafolatlari hamda tegishli tashkilotning kafilligi bilan ham ta’minlashga ruxsat etiladi.

Shuningdek, bank kafolatini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga berishga hamda to‘lov majburiyatlarini ta’minlash maqsadida beriladigan bank kafolati bo‘yicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qat’iy miqdordagi summada belgilashga ruxsat etiladi.

qonunchilik


Qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan olib chiqish mumkin

Rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 mln so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar quyidagi hollarda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etiladi:

  • qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;
  • bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda.

Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlar Palata a’zoligiga bepul qabul qilinadi

Prezident qarori bilan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlarga Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog‘liq Palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha pullik xizmatlar bundan mustasno.

Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar a’zo sifatida ro‘yxatga qo‘yish uchun Palataga elektron tizim orqali yuboriladi.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi hududiy jamoat fondlari hisobidan Palataning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, mos ravishda Palata va uning hududiy bo‘linmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.


Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish hamda bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 1-fevraldan boshlab neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10%ga indeksatsiya qilinadi.