“C.A.T. Science Accelerator” ilmiy loyihalar va ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi akseleratoriga arizalar qabuli boshlandi, deya xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish agentligi matbuot xizmati.

Mazkur akseleratorda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridan ishtirokchilar o‘z ilmiy startaplari bilan ishtirok eta oladi.

Akseleratordda quyidagi sohalarda biznes salohiyatiga ega tadqiqotchilik va ilmiy loyihalar bilan qatnashish mumkin:

  • biotexnologiya;
  • yashil texnologiyalar;
  • diagnostika va biotibbiyot;
  • muqobil energiya manbalari;
  • yangi materiallar;
  • ilmiy loyihalarda IT va Digital;
  • oziq-ovqat texnologiyalari.

Dastur ishtirokchilarga ta’lim dasturi, ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari va ustaxonalaridan foydalanish, tajribali mentorlar (murabbiylar) hamrohligi, Innovatsion rivojlanish agentligining startaplar tanlovida investitsiyalarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, dastur 5 oy davom etadi.

Akseleratsiya dasturiga arizalarni 25-fevralgacha havola orqali yuborish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Shveysariyaning “ETH Pioneer” akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi. Unga magistratura va PhD talabalari hamda tadqiqotchilar hujjat topshirishlari mumkin.