Biznes-ombudsman tomonidan yagona davlat nazorati axborot tizimini ishga tushirildi.

Mazkur axborot tizimi orqali tadbirkorlar o‘zlarining faoliyatidagi tekshiruvlar yuzasidan ma’lumot olishlari mumkin.

Axborot tizimi orqali tadbirkorlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi:

  • o‘z faoliyatida o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi rejalashtirilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotni internet tarmog‘i va mobil ilovalardan, telegram-bot va sms xabar tarzida olish;
  • har bir tekshiruv yuzasidan tekshiruvni o‘tkazgan nazorat organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish, g‘ayriqonuniy harakatlar, jumladan korruptsiya holatlari haqida shikoyat berish;
  • tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini elektron formatida to‘ldirish.

Tadbirkorlar tekshiruv haqidagi ma’lumotlarni “Telegram"dagi mazkur bot orqali yoki SMS tarzida 4064 qisqa raqamga STIR raqamini yuborish orqali bilib olishlari mumkin.


Avvalroq “Spot” “O‘zto‘qimachiliksanoat” tadbirkorlar uchun yagona darcha xizmatini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Mazkur tizim orqali tadbirkorlar yagona darcha rejimida hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha soha uyushmasiga murojaat qilishlari mumkin.

Xususan, eksportni rivojlantirish va kengaytirish, dizayn markazlari va yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda murojaatlar qabul qilinadi.