To‘qimachilik sanoati tadbirkorlari uchun “Yagona darcha” tizimi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” matbuot xizmati.

Mazkur tizim orqali tadbirkorlar yagona darcha rejimida hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha soha uyushmasiga murojaat qilishlari mumkin.

Xususan, eksportni rivojlantirish va kengaytirish, dizayn markazlari va yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda murojaatlar qabul qilinadi.

Shuningdek, ular “Yagona darcha” tizimida quyidagi masalalarda murojaat qilishi mumkin:

  • eksport faoliyatini rivojlantirish, yangi bozorlarni topish va sours kompaniyalar bilan hamkorlik;
  • korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish;
  • xalqaro dizayn markazlar bilan hamkorlik, modalar namoyishida ishtirok etish, yangi dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish;
  • xual ta’limni joriy qilish va kadrlarni malakasini baholash;
  • yangi investitsion loyihalarini shakllantirish va biznes reja tayyorlash;
  • tayer mahsulot ishlba chikaruvchilar uchun aylanma mablag‘lar ajratilishi;
  • eksport va logistika uchun subsidiya va kompensatsiyalarni olish, QQS qaytarish xizmati;
  • xalqaro va mahalliy ko‘rgazmalarda imtiyozli qatnashish;
  • marketing, SMM, Brending xizmatlari, xalqaro va mahalliy OAV bilan ishlash.

Yagona aloqa markaziga (+998) 71 202 22 44 (ichki 188, 189) telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Ishonch telefoni orqali tadbirkorlarning murojaat va takliflari ham qabul qilinadi.


Avvalroq prezidentning paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni qabul qilingandi.