2022-yil 26-avgustdan “Uzbekistan Airways” Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishida parvozlarni qayta tiklagandi. Aviaqatnovlar haftada ikki marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi belgilangandi.
Aviakompaniya oktabr oyida qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan Urganch-Milan-Toshkent, Urganch-Rim-Toshkent va Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilgandi.
“Uzbekistan Airways” matbuot xizmatining xabar berishicha, 28-martdan boshlab Toshkent-Milan-Toshkent va 31-martdan Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlar amalga oshirilishi boshlanadi.
Qayd etilishicha, parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent-Milan yo‘nalishida aviachiptalar 4,3 mln so‘mdan, Toshkent-Milan-Toshkent yo‘nalishida esa 6 mln so‘mdan boshlanadi.
Toshkent-Parij yo‘nalishida aviachiptalar 4,3 mln so‘mdan, Toshkent- Parij -Toshkent yo‘nalishida esa 6,3 mln so‘mdan boshlanadi.
Avvalroq “Spot” “Nordwind Airlines” aviakompaniyasi Permdan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida yozgandi.