“Astana Hub — Google for Startups” startaplar uchun akseleratsiya dasturiga arizalarni qabul qilish boshlandi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Dasturda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Turkmaniston va Gruziyadan startaplar qatnashishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchilar o‘z bizneslarini sayqallashi, “Google for Startups” va “Astana Hub"dan maslahat va treninglar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:

  • daromadni oshirish;
  • eng qiyin biznes muammolarini hal qilish;
  • investitsiyalarni jalb qilish;
  • yangi bozorlarga chiqish.

Akseleratsiya dasturi oflayn tarzda Ostonada bo‘lib o‘tadi va 3 oy davom etadi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, arizalar 17-fevralgacha havola orqali qabul qilinadi.

Dastur amal qilish muddati davomida jamoaning ikki aʼzosi uchun bepul turar joy, xalqaro ishtirokchilarga viza bo‘yicha yordam beriladi.

Ishtirokchilar mahorat darslari va eng yaxshi “Google” ekspertlari, “Astana Hub"ning tajribali trekerlari va murabbiylari, shuningdek, PR-ko‘makdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Uchinchi oqim natijasida “Demo Day” tashkil etiladi, unda startap-loyihalar mahalliy va xorijiy investorlarga taqdimot qilinadi.


Avvalroq “Spot” startaplar uchun ilmiy akseleratorga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, arizalar qabuli 25-fevralgacha davom etadi.