Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryoda joylashgan Yangiyer temir beton konstruksiyalar zavodining 100% davlat ulushini sotuvga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich narxi 81,9 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bino maydoni 42563 kv. metrdan, yer maydoni 16,9 ga dan iborat.

Xatlov davomida yangi aniqlangan qurulishi tugallanmagan bino-inshootlar umumiy qurilish osti maydoni 5242,47 kv.metrni tashkil etadi. Tugallanmagan qurilishga ketgan xarajatlar 31 865 324,7 ming so‘mni tashkil etadi.

Auksionda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yilning 6-fevral kuni, soat 09:00 gacha qabul qilinadi hamda shu kuni soat 10:00 da auksion boshlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Bosh prokuratura akademiyasi bino va inshootlari sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.

Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Auksion 20-fevral kuni o‘tkaziladi.