O‘tgan yilning dekabr oyida Afg‘oniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afg‘on temir yo‘llari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha “Harakatlar rejasi” kelishilgandi.
Shuningdek, “So‘g‘diyona Trans” va Afg‘on temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida tomonlar bajaradigan ishlar ro‘yxati ikki tomonlama belgilangandi.
Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotganligi sabab, 1-fevraldan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining qayd etishicha, G‘alaba-Hayraton temir yo‘li ochilishi haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi.
Afg‘onistondagi Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘li 2010-yilda qurilib, 2011-yildan boshlab Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lining barcha xizmatlari “So‘g‘diyona Trans” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
2021-yili Mozori-Sharif-Kobul-Peshavor temir yo‘li qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolangandi. 2022-yilning boshida esa Afgʻoniston Mozori Sharif-Kobul temir yoʻlining yoʻnalishini tasdiqladi. Bundan oldin Oʻzbekiston shu yil bahorida Kobuldan Peshovarga temir yoʻl qurilishini boshlashni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.
Avvalroq, davlat rahbari “Shimol-Janub” xalqaro yo‘lagi doirasida Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan temir yo‘lni qurish loyihasini amalga oshirishda hamkorlarni ishtirok etishga chaqirgandi.