Turkmaniston O‘zbekistonga bepul suyultirilgan gaz yetkazib beradi. Bu bo‘yicha mamlakat prezidentining tegishli farmoni imzolangan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonni do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gaz beriladi.
Hujjat bilan “Turkmangaz” davlat konserniga tegishli hajmdagi suyultirilgan gazni O‘zbekistonga bepul yetkazish topshirilgan.
2022-yilning dekabr oyida Turkmanistondan O‘zbekistonga tabiiy gazi importi 1,5 mlrd kub metrga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay Turkmaniston sovuq havo tufayli O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi. Bunga sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablar keltirilgandi.
Joriy yilning 21-yanvaridan esa O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi.
Avvalroq, O‘zbekiston “Gazprom” bilan gaz sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi"ni imzolagandi.