Navoiy viloyati, Karmana tumanida joylashgan “Hanjin Navoi Complex” mehmonxonasi qayta auksion savdosiga qoʻyildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Mazkur mehmonxona 2022-yilning 28-iyunida, 18-iyulida va 2-avgustida 16,5 mlrd soʻm bilan sotuvga qo‘yilgandi.

Keyinchalik 13-sentabrda 13,2 mlrd soʻm, 21-noyabrda 11 mlrd, joriy yil 23-yanvarda 10,2 mlrd soʻm bilan qayta sotuvga qoʻyildi.

7940 kv metr maydonga ega bino 51 ta xonadan iborat 58 oʻringa moʻljallangan va suv, elektr, gaz hamda kanalizatsiya tarmoqlariga ega.

Lotning boshlangʻich narxi birinchi sotuv narxidan ikki barobar arzonroq — 7,9 mlrd soʻm, zakalat puli miqdori esa 396 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion 20-fevral kuni 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kuni 9:00 ga qadar qabul qilinadi.


Avvalroq “Spot” Sirdaryoda joylashgan “Yangiyer temir beton konstruksiyalar zavodi"ning 100% davlat ulushini sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi. Lotning boshlang‘ich narxi qariyb 82 mlrd so‘mga baholanmoqda: