2023-yilning dastlabki “Tashabbusli budjet” jarayonlari boshlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Tashabbus va takliflarni “Ochiq budjet” axborot portali orqali 6-fevraldan boshlab 26-fevralga qadar bildirish mumkin.
Qayd etilishicha, “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumi uchun davlat budjetidan 756,50 mlrd soʻm ajratilgan.
2022-yilning ikkinchi yarmida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 9 201 ta mahalla ishtirok etib, 38 mingta loyihaga 8 mln aholi ovoz berdi.
Bu borada, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi faol bo‘ldi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 1 418 ta loyiha g‘olib deb topilib, ular uchun jami 1 trln so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.
Prezident “Tashabbusli budjet” loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini ta’kidladi.
Shu bois, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha uchun qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berildi.
Prezident topshirig‘i bilan 2023-yildan viloyat budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining 30%i ham “Tashabbusli budjet” loyihalariga berilishi belgilandi.
Umuman, yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun mablag‘lar faqatgina “Tashabbusli budjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratiladi.
Bunda “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun mablag‘lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trln so‘mga yetkaziladi.
“Shunda adolat bo‘ladi, odamlar o‘zlari hissa qo‘shgan loyihalarni albatta asrab-avaylaydi”, — dedi prezident.