Rossiya prezidenti Vladimir Putin deputatlar va senatorlarning daromadlari va mulki sirini saqlash toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqa “RBC” nashri.

Unga koʻra, endilikda deputatlar deklaratsiyasi shaxsiy maʼlumotlar koʻrsatilmagan holda umumlashtirilgan shaklda eʼlon qilinadi.

Mazkur qonun bilan “Davlat hokimiyati faoliyatini tashkil etishning umumiy tamoyillari toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, Davlat Dumasi deputatlari va Federatsiya Kengashi aʼzolari, shuningdek, taʼsischilarning qonun chiqaruvchi organlari deputatlarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar agar bunday maʼlumotlar tegishli shaxsni aniqlashga imkon beradigan shaxsiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasa eʼlon qilinadi.

Shuningdek, mulkni individuallashtirish imkonini beruvchi maʼlumotlar ham maʼlum qilinadi.

Dastlab, qonun loyihasi faqat ixtiyoriy asosda ishlayotgan viloyat va shahar deputatlari uchun yillik daromad va mulk deklaratsiyasini bekor qilish bilan bog‘liq edi.

Oʻzgartirish mualliflari Federatsiya Kengashining konstitutsiyaviy qonunchilik qo’mitasi rahbari Andrey Klishas va Pavel Krasheninnikov.

Rossiya Davlat Dumasi qonunni 25-yanvarda qabul qildi. Mazkur oʻgartirishlar joriy yilning 1-martidan kuchga kiradi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Vladimir Putin harbiy harakatlarda qatnashgan, ilgari qatnashgan yoki qatnashadigan harbiylar, xavfsizlik kuchlari va mansabdor shaxslarning daromadlari, xarajatlari va mol-mulkini deklaratsiyalashdan ozod qiluvchi farmonni imzolagandi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda davlat xizmatchilariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek, ular biznesning muassisi bo‘lishi, o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazoratidagi tashkilotlardagi ulushlarni, aksiyalarni sotib olish taqiqlanadi.

Ular endi O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda mulk xarid qilishi mumkin emas.

Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida ishga kirishdan avval deklaratsiya berishi kerak.