Yagona portal orqali avtotransport sug‘urtasining amal qilish muddatini onlayn aniqlash mumkin.
Buning uchun, portaldan foydalanishda shahsiy sahifaga ega bo‘lish kerak. “Spot” Yagona portalda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma taqdim etgandi.
Avtotransport sug‘urtasining amal qilish muddatini aniqlash xizmatidan jismoniy va yudirik shaxslar bepul foydalanishlari mumkin.
Buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi. “Xizmatdan foydalanish” buyrug‘ini bosgach, avtotransport raqamini kiritish kerak.
Natijalar avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Makzur xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.
Avvalroq, avtomobil sotib olish uchun navbatni qanday aniqlash mumkinligi bo‘yicha videoqo‘llanma berilgandi. Mazkur xizmat ham bepul taqdim etiladi.