Markaziy bankning 2023-yil 7-fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11342 (+25,53) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 1-fevralda belgilangan 11 269 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qariyb 73 so‘mga qimmatladi.

7-fevral kuni barcha banklarda sotish kursi 11 400 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 340 so‘mdan 11 355 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank”, “Infinbank”, “Agrobank” va “Trastbank” taklif qilmoqda.

Sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 400 so‘mdan amalga oshirilmoqda.

Dollar kursining 11 300 so‘mlik ko‘rsatkichdan o‘tishi 16-martda kuzatilib, valyuta kursi 11 380 soʻmni tashkil qilgandi.