“IT Park” “Edusession” dasturini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Dastur global IT-hamjamiyatining bir qismi bo‘lish, karyera qurish va daromad olishni boshlashdan manfaatdor bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mashg‘ulotlar har hafta oflayn va onlayn formatda o‘tkazilib, ishtirokchilar tanlangan soha (dasturlash, dizayn, tahlil va boshqalar) bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari, o‘z loyihalarini ishga tushirish va xalqaro kompaniyalarda karyera qurish imkoniyatlarini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ekspertlar bilan ishlash jarayonida o‘z malakalarini oshirib, hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatishadi.

Tadbir spikerlari — texnologiya sohasi mutaxassislari, IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlar va IT-kompaniyalar xodimlari.

Ma’ruzachilar o‘z ustida ishlashning ahamiyati, turli sohalardagi yoshlar biznesi, karyerasiga hissa qo‘shadigan omillar haqida ham so‘z yuritadi.

Spikerlarni qabul qilish keyinroq e’lon qilinishi ta’kidlangan.


Avvalroq, O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha taʼlim dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha “IT Park” va Markaziy Bank oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi.