“Google” o‘zining Bard nomli sun’iy intellekt (AI) chat-botini ishga tushirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Sundar Pichai ma’lum qildi.

“Bard chat-boti sinov bosqichiga o‘tishga tayyorlanmoqda va cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi hamda yaqin haftalarda hamma uchun ishga tushiriladi”, — dedi Sundar Pichai.

Loyiha ijodkorlik vositasi va dunyoni o‘rganish platformasi sifatida tasvirlangan. Masalan, Bard to‘qqiz yoshli bolaga “Jeyms Uebb” kosmik teleskopining qurilishini tushuntira oladi, deyiladi xabarda.

ChatGPT singari, “Google"ning yangi xizmati internetdagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchi savollariga matnli javoblarni ishlab chiqaradi.

Pichaining so‘zlariga ko‘ra, chatbotni tashqi sinovdan o‘tkazish ichki tadqiqotlar bilan birga kechadi.

Bu javoblarning yuqori sifatini, haqiqiy ma’lumotlarning xavfsizligi va haqqoniyligini ta’minlaydi.

Amerikaning ChatGPT chatboti tarixdagi eng tez rivojlanayotgan ilova bo‘lish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Ikki oy ichida foydalanuvchilar soni 100 mlnga yetdi.

Shu bilan birga, har kuni 13 mln kishi ushbu xizmatdan foydalanadi.

OpenAI ChatGPT’ni 2022-yil noyabr oyi oxirida taqdim etdi. Dastlabki besh kun ichida chat-botda 1 mlndan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Neyron tarmoq allaqachon maktab o‘quvchilari va talabalari uchun imtihonlar va boshqa hujjatlarni yuqori sifatli yozish, shuningdek, AQSh universitetlariga kirish bilan mashhur bo’ldi.


Avvalroq “Spot” “Google” shifokorlarning tushunarsiz yozuvini shifrlash vositasini ishlab chiqgani haqida yozgandi.

Undan foydalanish uchun retsept rasmini “Google Lens” ilovasiga yuklash kerak boʻladi. Rasm qayta ishlangandan so‘ng dastur dori nomlarini chiqarib beradi.