Joriy yilning 17-fevral kuni “Mahsulotlar menejmenti” bepul kursi boshlanadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
“Ask VC” bilan birgalikda tashkil etilayotgan mazkur kurs davomiyligi 4 haftani tashkil etadi.
Unda ishtirokchilarga asosiy yondashuvlar o‘rgatilib, bilimlar real mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga qaratiladi.
Kursning asosiy mavzulari:
- mahsulot menejerining roli;
- mahsulot bilan ishlash freymvorki, yo‘l xaritasi;
- bozor segmentatsiyasi va raqobat tahlili, foydalanuvchi shaxslari;
- gipotezani tekshirish;
- mahsulotni olg‘a surish.
Kurs muallifi — Vasiliy Rudomanov. U ex-product management Acronis, bulutli boshqaruv, virtualizatsiya, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun B2B mahsulotlarini 10 yil boshqargan.
Unda ishtirok etish uchun 16-fevralgacha havola orqali so‘rovnoma jo‘natish kerak.
Batafsil ma’lumot bu yerda.