Avstriya hukumati bakalavriatura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda barcha mamlakatlardan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin, faqat yosh chegarasi 35 yoshdan oshmasligi kerak.
Dastur doirasida faqat uchta yo‘nalish bo‘yicha ariza berish mumkin:
- mehmonxona menejmenti;
- turizm menejmenti;
- tadbirkorlik yoki o‘qituvchilar malakasini oshirish moduli.
Barcha arizalar bevosita institutga pochta orqali jo‘natilishi kerak. ariza shaklini bu yerdan yoki Avstriya elchixonalari va konsulliklaridan olish mumkin.
Arizalarni ko‘rib chiqishda quyodagilar inobatga olinadi:
- anketaning to‘g‘ri va tushunarli tarzda to‘ldirilganligi;
- barcha kerakli ma’lumotlar mavjudligi va barcha kerakli hujjatlarning ilova qilinganligi;
- ishlayotgan elektron pochta manzili, telefon va faks raqamlarini kiritganlik — chunki bular aniq kiritilmasa ariza bekor qilinishi mumkin;
- nima uchun stipendiyaga topshirganini faktlar bilan ko‘rsatish.
Kechiktirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi hamda qabul qilish uchun barcha talablarni taqdim etish kerak. Faqat tegishli arizalar ko‘rib chiqiladi.
Qabul qilingan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, oylik 205 yevro miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, tibbiy sug‘urta, ovqatlanish hamda sayohat xarajatlari qoplab beriladi.
Arizalarni joriy yilning 31-martigacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Ruminiya hukumati barcha darajalar uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.