14-fevral kuni “Elektron pochta asosiy muloqot transporti sifatida” mavzusida startaplar uchun uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiya marketologlar va dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Unda Selzy.com saytining Markaziy Osiyodagi vakili Kamol Kalanov ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Uchrashuv davomida quyidagilar haqida so‘z yuritiladi:

  • startap uchun elektron pochta marketingini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
  • API usullaridan foydalangan holda xizmat jo‘natmalari IT mahsuloti va foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqalar uchun asos yaratishga imkon berishi;
  • elektron pochta marketingida iqtisod, shuningdek, xatlar, daromadlar va xarajatlarni yuborish.

Uchrashuv rus tilida onlayn tarzda olib boriladi. Ishtirok etish uchun arizalarni 14-fevral, soat 12:00 gacha havola orqali jo‘natish kerak.

Selzy.com “IT Park” hamkori hisoblanib, har qanday biznes maqsadlari uchun mos bo‘lgan elektron pochta marketing xizmatini taklif etadi.

Kompaniyaning vakolatxonalari AQSh, Kanada, Ukraina, Qozog‘iston, Ispaniyada joylashgan.

Kamol Kalanov Selzy.com va Unione.io saytlarining Markaziy Osiyodagi vakili. “Unisender” maktabi sertifikatiga ega mutaxassis 100 nafardan ortiq marketologga email-marketing bo‘yicha maslahatlarini taqdim etgan.


Avvalroq, mahsulot menejmenti bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.