“Alibaba Group” kompaniyasi ChatGPT uslubidagi sun’iy intellekt vositasini ishlab chiqmoqda. Hozirda dastur ichki sinovdan o‘tkazilmoqda, deya xabar beradi “EuroNews” nashri.

Qayd etilishicha, kompaniya bir necha yillar davomida katta til modellari va generativ sun’iy intellektga e’tibor qaratgan.

Katta til modellari — bu katta hajmdagi matnlarda o’qitilgan va savollarga javob berish va tushunish, shuningdek, yangi matn yaratishga qodir bo’lgan tabiiy tilni qayta ishlash tizimlari.

Avvalroq “Google” ChatGPT’ga raqobatchi “Bard” chat-boti ishga tushirilishi haqida e’lon qilgandi.

“Bard chat-boti sinov bosqichiga o‘tishga tayyorlanmoqda va cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi hamda yaqin haftalarda hamma uchun ishga tushiriladi”, — dedi kompaniya bosh direktori Sundar Pichai.

Loyiha ijodkorlik vositasi va dunyoni o‘rganish platformasi sifatida tasvirlangan. Masalan, Bard to‘qqiz yoshli bolaga “Jeyms Uebb” kosmik teleskopining qurilishini tushuntira oladi, deyiladi xabarda.

ChatGPT singari, “Google"ning yangi xizmati internetdagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchi savollariga matnli javoblarni ishlab chiqaradi.

Pichaining so‘zlariga ko‘ra, chatbotni tashqi sinovdan o‘tkazish ichki tadqiqotlar bilan birga kechadi.

Bu javoblarning yuqori sifatini, haqiqiy ma’lumotlarning xavfsizligi va haqqoniyligini ta’minlaydi.

Amerikaning ChatGPT chatboti tarixdagi eng tez rivojlanayotgan ilova bo‘lish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Ikki oy ichida foydalanuvchilar soni 100 mlnga yetdi.

Shu bilan birga, har kuni 13 mln kishi ushbu xizmatdan foydalanadi.

OpenAI ChatGPT’ni 2022-yil noyabr oyi oxirida taqdim etdi. Dastlabki besh kun ichida chat-botda 1 mlndan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Neyron tarmoq allaqachon maktab o‘quvchilari va talabalari uchun imtihonlar va boshqa hujjatlarni yuqori sifatli yozish, shuningdek, AQSh universitetlariga kirish bilan mashhur bo‘ldi.