O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi chorak barobarga oshib, qariyb 5 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Spot"ga “HeadHunter” matbuot xizmati xabar berdi.
Xizmat mutaxassislari tomonidan ish beruvchilarning boʻsh ish oʻrinlari va ish izlovchilarning onlayn platformaga joylashtirilgan rezyumelari tahlil qilinib, joriy yilning yanvar oyidagi va oʻtgan yilning oʻzida taqdim etilgan ish haqi miqdori solishtirildi.
2023-yil yanvar oyining oxirida O‘zbekistonda ish beruvchilar tomonidan taklif qilingan o‘rtacha ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan bir yil davomida 25%ga (3,9 mln so‘mdan) oshdi.
Shu bilan birga, Toshkentdagi o‘rtacha ish haqi takliflari hamon O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda. Hozirda farq 11%dan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi.
Eng yuqori maosh yirik bo‘limlarning top-menejerlari va direktorlari (9 mln so‘m), IT-mutaxassislari (o‘rtacha 7,5 mln so‘m) va tahlilchilarga (7 mln so‘m) taklif qilindi.
Biroq, yanvar oyida barcha boʻsh ish oʻrinlarining 39%gacha savdo va marketing boʻyicha boʻlgan.
2022-yilda hh.uz saytida o‘rtacha ish haqi taklifi 12,3%ga oshib, 5,87 mln so‘mni tashkil qildi. Reytingda yetakchilar ham IT-mutaxassislari, boshqaruv xodimlari va konsultantlar bo‘ldi.
Avvalroq “Spot” 2022-yilda O‘zbekistonda frilanser sifatida ish izlovchilar soni uch barobardan oshgani haqida yozgandi.
.