“Cinnabon” kafe-nonvoyxonalar xalqaro tarmog‘i bilan O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Gayana, Singapur, Marokash va Tayvanda ham savdo nuqtalari ochilishi kutilmoqda.
“Cinnabon” — 1985-yilda tashkil etilgan dolchinli bulochkalar va qaymoqli pishloq sotadigan nonvoyxona tarmog‘i. U Amerikaning “Focus Brands” kompaniyasiga qarashli hisoblanadi. Ushbu franshiza brendi ostida 50 ta mamlakatda 1600 ga yaqin muassasalar faoliyat yuritadi.
Avvalroq Rossiyaning “Vkusno — i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi.
Keyinchalik mazkur fastfud restoranlari tarmog‘i tovar belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Shuningdek, Fransiyaning “Groupe Casino” kompaniyasi O‘zbekistonda do‘konlar ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Kompaniya giper, super va mini-marketlar, chegirmali hamda ulgurji do‘konlar tarmog‘iga egalik qiladi.
Avvalroq “Spot” Xitoyning “Geely” avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirayotganligi haqida yozgandi.