E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
Hozirda mavjud 32 ta bankdan 17 tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin.
Kredit foiz stavkalari 23,5% dan 37,99%gacha bo‘lib, 1 yildan 4 yilgacha beriladi.
Maksimal kredit summasini 200 mln so‘m bilan “Ipak yo‘li banki” taqdim etmoqda.
Bundan tashqari, “Saderatbank"da 3 yil muddatga 600 mlngacha iste’mol krediti taqdim etiladi. Mazkur iste’mol kreditini olishda talab qilinadigan shartlardan biri — oylik ish haqi 25−30 mln soʻmni tashkil qilishi kerak.
Iste’mol krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish;
- davolanish, o‘qish yoki sayohat qilish uchun to‘lov;
- bazmlarni o‘tkazish (to‘y, yubileylar);
- uy ta’mirlash (xizmat haqi, qurilish materiallarini xarid qilish) va boshqalar.
Kerakli hujjatlar
- kredit olish uchun ariza;
- qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
- kamida uch oylik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
- tovar va xizmatlarni sotib olish yuzasidan shartnoma;
- garov (kredit miqdoriga qarab, bu transport vositasi, koʻchmas mulk yoki uchinchi tomon kafolati boʻlishi mumkin).
Kredit sharti shuki, sotib olingan mahsulot O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak. 2022-yil sentabr oyida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan iste’mol kreditlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi.
2023-yil 17-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi qonunning 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Hujjat bilan, qonunga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan, shuningdek, O‘zbekistondan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan olingan.
Bank nomi | Yillik stavka | Maksimal summa | Muddati |
Аloqabank | 30% | cheklanmagan miqdorda | 3 yilgacha |
Garantbank | 28,9% | 60 mln | 2 yilgacha |
Hamkorbank | 27,99% | 60 mlngacha | 2 yilgacha |
32% | 3 yilgacha | ||
Infinbank | 37,99% | 30 mln | 18oy |
Ipak yo‘li banki | 26% | 200 mlngacha | 3 yilgacha |
Ipotekabank | 24% | 45 mlngacha | 4 yilgacha |
Мikrokreditbank | 27% | 80 mlngacha | 2 yil |
Оrient Finans Bank | 26,9% | 50 mln | 3 yilgacha |
Poytaxtbank | 27% | 60 mln | 2 yilgacha |
Ravnaqbank | 26% | 20 mln | 1 yilgacha |
27% | 2 yilgacha | ||
28% | 3 yilgacha | ||
Saderatbank** | 23%-26% | 600 mln | 3 yilgacha |
Тrastbank | 25% | 30 mln | 1 yilgacha |
27% | 60 mln | 2 yilgacha | |
Тuronbank | 29% | 90 mln | 3 yilgacha |
Universalbank | 32% | 60 mln | 3 yil |
O‘zsanoatqurilishbank | 25% — 26,9% | 30 mlndan 150 mlngacha | 1 yildan 3 yilgacha |
O‘zmilliybank* | 26% | 60 mln | 2 yilgacha |
27% | 3yilgacha | ||
Ziraat Bank Uzbekistan | 23,5% | 150 mln | 1 yilgacha |
24,5% | 2 yilgacha | ||
25,5% | 3 yilgacha |
*Ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun 23% dan 24% gacha.
**Mazkur iste’mol kreditini olishda talab qilinadigan oylik ish haqi 25−30 mln soʻmni tashkil qilishi kerak.