Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi Siyan-Toshkent-Siyan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 2023-yil 10-fevralga mo‘ljallangan.

Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Loong Air” aviakompaniyasining Sian-Toshkent-Sian yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysi 2019-yilning 27-sentabrida amalga oshirilgan.

Loong Air” — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, yo‘lovchi va yuk havo tashuvlarini amalga oshiriladi.

8-yanvardan boshlab Xitoy hukumati COVID-19 uchun kelganlarni majburiy sinovdan o‘tkazishni bekor qildi va ketishdan oldin faqat PCR test sertifikati talabini qoldirdi.

10-yanvar kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi pandemiya boshlanganidan beri Toshkentdan Pekinga birinchi reysni amalga oshirdi.


Avvalroq “Spot” “Ural Airlines” Yekaterinburgdan O‘zbekistonning oltita shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat olgani haqida yozgandi.

Shuningdek, “Malaysia Airlines” aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklayotgani haqida xabar berilgandi.