Avvalroq, “IT Park” “Edusession” dasturini ishga tushirgandi. U karyera qurish hamda IT-hamjamiyatiga kirish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Kompaniya mazkur loyiha doirasida o‘tkaziladigan haftalik oflayn va onlayn sessiyalar uchun dunyo bo‘ylab spikerlarni qabul qilmoqda. Buhaqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Dastur maqsadi — yoshlarga IT sohasining istalgan yo‘nalishida bilim olish, rivojlanish va karyera qurish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini yetkazish.

Dastur ishtirokchilari raqamli ta’limni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda rivojlanish uchun ta’lim va karera imkoniyatlari bilan tanishishi mumkin.

Raqamli ta’lim bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha sessiyalarda nutq so‘zlashni xohlovchi nomzodlar dasturlash, robototexnika, virtual reallik, muvaffaqiyatli holatlar, IT-sohasidagi shaxsiy muvaffaqiyatli keyslar va boshqalar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.

Arizalar 2023-yilning oxirigacha havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, 17-fevral kuni “Mahsulotlar menejmenti” bepul kursi boshlanishi haqida xabar berilgandi.