Avvalroq, prezident farmoni bilan tadbirkorlar daromadidan kelib chiqib toifalarga ajratilishi ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan 1-maydan gaz zapravkalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralari majburiy o‘rnatilishi belgilangan.

Bundan tashqari, mazkur farmonga ilova tarzida davlat rahbari va hukumatning ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi nuqtalarda xaridni amalga oshirgan fuqarolarga xarid summasining 1%i respublika budjetidan qaytariladi.

Bunda soliq organlarining mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tgan bank kartalariga oy yakuni bilan “keshbek"lar qaytarib beriladi.

Ta’kidlanganidek, avtomobil xaridi, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini-o‘zi band qilganlar tomonidan berilgan xarid cheklari uchun 1%lik “keshbek” berish amal qilmaydi.

Oldin o‘zini-o‘zi band qilganlar tomonidan berilgan xarid cheklari uchun “keshbek” qaytarmaslik belgilangandi.

Spot QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega boʻlish mumkinligi haqida yoʻriqnomani taqdim etgandi.

Shuningdek, quyidagi hollarda keshbek hisoblanmaydi:

  • agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
  • sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo‘lsa.

Shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazganda ham keshbek taqdim etilmaydi.


Avvalroq, dekabr oyi uchun aholiga 63,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgani haqida xabar berilgandi.