Xitoy hukumati stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan bakalavr, magistratura va PhD darajasi uchun nomzodlar Xitoy yoki Ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlarga hujjat topshirishi mumkin. Mazkur havola orqali qiziqtirgan dastur va universitetni topish mumkin.
Barcha nomzodlardan stipendiya arizalari uchun til bilish sertifikatlarini taqdim etishlari so‘raladi.
Xususan, Xitoy tilida o‘qitiladigan dasturlarga da’vogarlar Xitoy tilini bilish testi (HSK) sertifikatini taqdim etishlari kerak.
Ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlarga da’vogarlar esa IELTS yoki TOEFL sertifikatlarini taqdim etishlari kerak.
Grant qo‘lga kiritgan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etiladi, sug‘urta xarajatlari ($117) qoplab beriladi hamda universitet yotoqxonasidan joy yoki yashash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
Talabalarga quyidagicha oylik stipendiya beriladi:
- Bakalavr darajasi uchun — oyiga $366;
- Magistratura uchun — oyiga $440;
- Doktorantura uchun — oyiga $513.
Nomzod ariza formasinin to‘ldirishi, pasport nusxasini yuklashi, notarial tasdiqlangan diplom, akademik transkript, o‘quv rejasi bo‘yicha taklif hamda tavsiya xati kabilarni jo‘natishlari kerak.
Qanday qilib, ariza topshirish mumkinligi haqida batafsil bu yerdan bilib olish mumkin.
Arizalarni joriy yilning 1-martigacha jo‘natish mumkin.
Avvalroq, Avstriya hukumati bakalavriatura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.