“O‘zbektelekom” kompaniyasi Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi ma’muriy binosini qayta auksion savdosiga qoʻydi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Mazkur bino 2022-yilning 8-sentabrida 111,8 mlrd soʻm bilan sotuvga qo‘yilgandi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,17 ga, toʻrt va besh qavatli binolarning egallab turgan o‘rni esa 7237 kv. m.ni tashkil etadi.

Bino texnik yerto‘lali, chordoq va mansardali hisoblanib, unda gaz, suv va elektr ta’minoti hamda kanalizatsiya mavjud.

Qayta sotuvga qo‘yilgan binoning boshlang‘ich narxi 108,9 mlrd, zakalat puli miqdori bahosi 5,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Auksion 10-mart kuni 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kuni 9:00 ga qadar qabul qilinadi.


Avvalroq “Spot” “Hanjin Navoi Complex” mehmonxonasi yettinchi marta sotuvga qoʻyilgani haqida yozgandi.

Lotning boshlangʻich narxi birinchi sotuv narxidan ikki barobar arzonroq — 7,9 mlrd soʻm, zakalat puli miqdori esa 396 mln so‘mni tashkil etadi.

Mazkur mehmonxona 2022-yilning 28-iyunida, 18-iyulida va 2-avgustida 16,5 mlrd soʻm bilan sotuvga qo‘yilgandi.

Keyinchalik 13-sentabrda 13,2 mlrd soʻm, 21-noyabrda 11 mlrd, joriy yil 23-yanvarda 10,2 mlrd soʻm bilan qayta sotuvga qoʻyildi.