Avvalroq, “IT Park” karyera qurish hamda IT-hamjamiyatiga kirish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Edusession” dasturini ishga tushirdi.

Undan so‘ng, dastur uchun spikerlardan arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berildi.

17-fevral kuni mazkur loyiha doirasida “Global miqyosda qanday IT-yechimlar dolzarb?” mavzusida birinchi uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiya spikeri — Buyuk Britaniyaning “AVDO Consulting” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi hamkori, “AVDO"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zuxra Abdurahmanova.

Sessiya davomida spiker FinTech, MedTech, AgriTech, BioTech, EdTech va global bozorda dolzarb bo‘lgan boshqa texnologiyalar haqida so‘zlab beradi.

Shuningdek, ishtirokchilar quyidagilar haqida bilib olishadi:

  • qaysi sohani tanlashni qanday tushunish kerak;
  • investor aynan nimaga sarmoya kiritishini qanday aniqlash mumkin;
  • global bozorga qanday kirish mumkin.

Tadbir rus tilida o‘tkazilib, unda ishtirok etish bepul.

Buning uchun arizalarni 17-fevral soat 15:00 gacha havola orqali jo‘natish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, mahsulot menejmenti bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.