Avvalroq, 10-mart kuni Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi Varshava-Toshkent-Varshava yoʻnalishida birinchi yo‘lovchi charter reysini amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.
Aviakompaniya vitse-prezidenti Mixal Fiyol Varshava va Toshkent oʻrtasida muntazam qatnovlarni ham yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Qayd etilishicha, kompaniya Polsha fuqaro aviatsiyasi ma’muriyatidan barcha kerakli ruxsatnomalarni olgan.
Bu mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish va o‘zaro sayyohlar sonini oshrish maqsadida amalga oshirilayotganini ta’kidladi Mixal Fiyol.
“Havo qatnovining ochilish masalasi ijobiy yechim topishida elchixona va O‘zbekiston Transport vazirligi bilan o‘tkazilgan muzokaralarning salmog‘i katta bo‘ldi”, — deydi u.
Avvalroq, “Ural Airlines” kompaniyasi Yekaterinburgdan O‘zbekistonning oltita shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi. Aviaqatnov joriy yilning yozida Qarshi, Farg‘ona, Nukus, Navoiy, Urganch hamda Buxoroga amalga oshiriladi.