Joriy yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan.
Mamlakatda turistik maqsadda kelgan xorijiy fuqarolarning eng ko‘pi Tojikistonga to‘g‘ri keladi. O‘tgan bir oyda mamlakatdan 139,6 mingta turist tashrif buyurgan.
Undan keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (116,6 ming) va Qirg‘iziston (103,2 ming) turibdi.
Bu davrda Rossiyadan turistik maqsadda kelganlar soni 41,9 mingtani, Turkiyadan esa 6,7 mingtani tashkil etgan.
Eng kam tashrif buyuruvchilar soni Fransiya (0,3 ming), Buyuk Britaniya (0,4 ming) hamda Xitoy (0,4 ming) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2022-yilda O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 5,2 mln nafarni tashkil etgandi. Turistlar oqimining eng ko‘p qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelgan — 1,5 mln.
Natijada avgust oyiga nisbatan mamkakatdan tashrif buyurgan turistlar soni yil yakuniga borib qariyb 800 mingga oshgan.
Avvalroq yanvar oyida Rossiyadan O‘zbekistonga sayohatlar narxi 1,8%ga oshgani haqida xabar berilgandi.