E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


“Spot” Oʻzbekiston banklaridagi boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar haqida ma’lumotlarni toʻpladi.

Hozirda mavjud 32 ta bankdan 5 tasida bunday turdagi avtokreditni rasmiylashtirish mumkin.

Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga, 24%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.

Mazkur kredit turi faqat jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun beriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • pasport (kafilniki ham);
  • kadastr hujjati;
  • rasmiy daromad haqida ma’lumot;
  • avtosalondan shartnoma.

Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Muddati
Imtiyozli davr
Garov
“Aloqabank”
24%-25%4 yil — 5yil6 oyturar yoki noturar joy
“Asia Alliance Bank”
24%-28%1 yildan 4 yilgachayoʻq
sotib olinayotgan avtomobil
“Davr Bank”*
27,99%4 yilgachayoʻq
sotib olinayotgan avtomobil
“Ipak Yoʻli Banki”
23,99%1 yildan 5 yilgachayoʻq
3 yoshdan katta boʻlmagan avtomobil, noturar joy
“Saderatbank”**
26%-28%4 yilgachayoʻq
avtomobil sugʻurta polisi

*Boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit faqatgina rasmiy daromad mavjud boʻlganidagina taqdim etiladi.
**Avtokredit uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs rasmiy daromadi kamida 10 mln soʻm boʻlishi kerak.