“Yashil iqtisodiyot va yangi iqlim innovatsiyalari” yo‘nalishidagi loyihalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi xabar bermoqda.

Tanlovda 10 ta eng yaxshi loyiha saralab olinib, g‘oliblar 23-fevral kuni Rae Kvon Chung bilan uchrashuvda o‘z loyihalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Rae Kvon Chung — Nobel mukofoti sovrindori, BMT Bosh kotibining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bosh maslahatchisi.

Unda ishtirok etish uchun quyidagilarga javib berish kerak:

  • 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • ingliz tilida erkin muloqot qilish;
  • o‘z loyihasini taqdimot qilish.

Loyihalar 20-fevral kuni soat 18:00 ga qadar havola orqali qabul qilinadi. Ularni birinchi va ikkinchi na’munalar asosida shakllantirish zarur.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, 1−17-mart kunlari o‘tkaziladigan “Qlik” bo‘yicha marafonga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 28-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.