Jamoat transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun “ATTO” mobil ilovasida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarining harakatini ilova orqali real vaqt rejimida kuzatishi mumkin.
Bunda eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.
Mazkur ilova imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida foydalanuvchilardan takliflarini bildirish so‘ralmoqda.
Ilovani “App Store” hamda “Google Play” orqali yuklab olish mumkin.
Avvalroq, jamoat transporti sohasida avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.