Avvalroq, “Kapitalbank” “Uzum” ekotizimining bir qismi bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Bankning “Uzum” xoldingi bilan birlashtirilishi bo‘yicha bitim imzolandi, deya xabar bermoqda bank matbuot xizmati.
Aksiyadorlar tarkibidagi ushbu o‘zgarishlardan so‘ng bankning “Uzum” guruhining turli xizmatlari bilan hamkorligi boshlanadi.
Bu esa “Kapitalbank"ni raqamlashtirish va yangi mijozlarni jalb qilish uchun salohiyatni, bank mijozlariga “Uzum” mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish uchun imkoniyatlarni ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.
Yagona b2b va b2c platformasini rivojlantirish uchun “Uzum” kompaniyalari guruhi tomonidan “Kapitalbank”, “Uzum Market” marketpleysi, “Uzum Bank” raqamli banki va “Uzum Nasiya” muddatli to‘lov xizmatini o‘z ichiga olgan xoldingi tashkil etilmoqda.
Aktivlarning yagona boshqaruvi xizmatlar sinergiyasi yaratadigan barcha imtiyozlarni amalga oshirish va “Uzum” ekotizim xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun mijozlar tajribasini tashkil qilish imkonini beradi.
Hozir har oy mamlakatda 5 mlndan ortiq kishi kompaniya xizmatlaridan foydalanadi.
“Uzum ekotizimi bilan birlashish bankka davlatimizda bank xizmatini raqamlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish va o‘zbekistonliklarning hayot sifatini yaxshilash uchun yagona raqamli infratuzilmani yaratishda faol ishtirok etish imkonini beradi”, — dedi Maqsud Abdusamadov, bank Kuzatuv kengashi raisi.
Yil boshida “Finance TCI” birja savdolarida “Kapitalbank” aksiyalarining 50%ini sotib oldi. Mazkur bitim qiymati 786,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 61,5% ulush bilan “Finance TCI” majoritar aksiyador bo‘ldi.
“Finance TCI” “Djuzum SPV” kompaniyasining sho’ba korxonasi hisoblanib, mamlakat uchun “Uzum” raqamli xizmatlarining ekotizimini rivojlantiradi.
2022-yil noyabr oyida “Kapitalbank” sho’ba korxonasi “Apelsin” raqamli banki “Uzum” ekotizimiga qo‘shildi va o‘z nomini “Uzum Bank” deb o‘zgartirgandi.