“Orient Finans Bank” aksiyadorlarining 52,5% aksiyalari ulushini jamoaviy nazorat qiluvchi sotib olishda aksiyadorlarga sotdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bitimlar natijasida Saken Po‘latov 57,15% ulush bilan nazorat paketi egasiga aylandi. U “Orient Finans Bank” hammuassislaridan biri bo‘lgan va bankning biznes jarayonlarida ishtirok etadi.

Sitora Ahmedjonovaning ulushi 28%ga oshdi.

Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan boshqa minoritar aksiyalar o‘zgarishsiz qolgan.

Sotilgan 52,5% aksiyalarning jami qiymati 580,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.

“Bankning tasdiqlangan strategiyasiga e’tibor qaratgan holda rivojlanishimizni davom ettiramiz”, deyiladi bank xabarida.


Bank sektoridagi davlat ulushini 2025-yilda 82%dan 40%gacha kamaytirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 2027-yilgacha O‘zbekistonda faqat bitta davlat banki qolishi haqida qayd etilgandi.

Xususan, 2022-yilning dekabr oyida Vengriyaning “OTP Bank"i “Ipoteka bank"ni sotib oldi.

Yil oxirigacha esa “O‘zsanoatqurilishbank” va “Asakabank"ning davlat ulushlarini sotuvga qo‘yish, bu jarayonga Xalqaro moliya korporatsiyasi, YeTTB va OTBni jalb etish rejalashtirilgandi. Biroq, YeTTB banklarni xususiylashtirish jarayonini biroz surishni maslahat berdi.

Joriy yilning 1-iyuliga qadar “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “Agro bank” va “O‘zmilliybank"larning aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO) ishlarini tashkillashtirilishi kerak.